Bir million oʻzbek dasturchisi loyihasi ikkinchi fasliga start berildi

 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/luCR1EakylY?si=kSWaSyB9qILUlK64" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

https://youtu.be/luCR1EakylY

Bir million o‘zbek dasturchilari — O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash loyihasi bo‘lib, loyihada yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilgan holda o‘qitish maqsad qilingan. Hozirda onlayn kurslar AQSHning Coursera ta’lim platformasi orqali yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Coursera — bu onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, dunyoning eng nufuzli universitetlari va tashkilotlaridan kurslar, sertifikatlar va darajali dasturlarni taklif etadi. Bu platforma orqali IT’ning turli sohalari bo‘yicha bilim olish, yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasbiy mahoratni oshirish mumkin. 

Bir million oʻzbek dasturchisi loyihasi doirasida esa Coursera kurslari imtiyozli narxlarda yoshlarga taqdim etiladi. Kurslar sohaning eng nufuzli ta’lim muassasalari, universitetlari va ustozlari tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikat beriladi. Hozirgacha Coursera platformasining 1,4 million O‘zbekistonlik tinglovchisi bo‘lib, ularning 50%ini ayollar tashkil etadi. Foydalanuvchilarning 90% qisminini esa asosan o‘quvchi va talabalar ulushiga to‘g‘ri  keladi. 2024-yilda Courseraning professional IT-sertifikat kurslarida o‘qish ko‘rsatkichi 206% ga oshgan.

Joriy yil Coursera oʻzining oltinchi yillik Global Skills hisobotini eʼlon qildi.  Unga koʻra, “Bir million oʻzbek dasturchilari” (“One million uzbek coders”) loyihasi doirasida amalga oshirilgan islohatlar natijasi o‘laroq, platformada Oʻzbekiston mavjud ishchi kuchining ulushida oʻrganuvchilar soni boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Yaʼni, mavjud ishchi kuchini mehnat bozorida talab yuqori  boʻlgan koʻnikmalar bilan  taʼminlashga eng koʻp sarmoya kiritayotgan mamlakatlar reytingida davlatimiz yetakchi oʻrinda deb qayd etildi. 

Platformadagi o‘zbek foydalanuvchilarning eng ko‘p talabida bo‘layotgan yoʻnalishlar esa dasturlash, Data Science, kompyuter savodxonligi, Grafika va dizayn hamda xorijiy tillarni o’rganish ekani aniqlandi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Coursera ta’lim platformasi bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan "ICTWeek — 2024" haftaligi doirasida tashkil etilgan "IT ta’lim va frilansing" forumi doirasida Courseraning Hindiston va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha direktori Raghav Gupta ishtirok etib, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar jumladan tobora rivojlanib borayotgan raqamli dunyoda onlayn ta’limning ahamiyati haqida taqdimot qilgandi.

Toshkentdagi INHA universitetida tashkil etilgan “Bir million oʻzbek dasturchilari-2024” konferensiyasida Courseraning Hindiston va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha direktori Raghav Gupta, hamkorlik boʻyicha direktor Larissa Wheatcroft ishtirok etdi.

“Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasi 2025-2026-yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlarni olganlar sonini 2.5 mln nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan. 

Qolaversa, loyiha  doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi avtomobil berilishi ham rejalashtirilgan. 

Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar chet-elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta o‘qituvchiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari beriladi.

 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/luCR1EakylY?si=fC2Pf-pJNbqnKnBY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

26-12-2024
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish