Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlovning suhbat intervyu yoki taqdimot (keys-stadi, topshiriq) bosqichida beriladigan savollar ro'yxati. Yuklab olish.

T/r Savol matni
1.Ta'lim turlarini sanab bering.
2.Umumiy o'rta ta'lim qanday bosqichlardan iborat?
3.Maktab direktori qanday tartibda lavozimga tayinlanadi?
4.Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida qanday davlat xizmatlari joriy etilgan?
5.Maktabda o'qituvchilarning haftalik ish yuklamalari qaysi me'yoriy hujjat bo'yicha hamda necha soat etib belgilangan?
6.Umumta'lim maktablarida Metod birlashma tuzish uchun kamida nechta o'qituvchi bo'lishi kerak? Metodbirlashmalar tuzish tartibi qanaqa?
7.O'qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirishning maqsadi nima?
8.Umumta'lim maktablarining Tayanch o'quv rejasida umumta'lim fanlari qanaqa tartibda va yo'nalishda taqsimlanadi?
9.Umumta'lim maktablarida chet tili fanlaridan birini o'qitish uchun nimalarga e'tibor qaratish kerak?
10.Umumiy o'rta ta'limning tayanch o'quv rejasida "Tabiiy fanlar" (science) qaysi sinflarda o'qitilishi belgilangan?
11.Umumiy o'rta ta'limning tayanch o'quv rejasi qanday hujjat hisoblanadi? Hujjatning maqomi, mazmuni va mohiyati?
12.Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qituvchiga metodik yordam beruvchi qanday tizim bor yoki o'qituvchi o'zi ishlayotgan maktabida birinchi metodik yordamni kimdan oladi?
13.Kam komplektli umumta'lim muassasalarida (filiallarda) boshlang'ich sinf O'quvchilari qanday tartibda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin?
14.Ta'lim tashkilotlari attestatsiyasi deb nimaga aytiladi?
15.Davlat akkreditatsiyasi deb qanday jarayonga aytiladi?
16."Uzluksiz kasbiy ta'lim" maxsus elektron platformasi nima?
17.Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta'lim olishning qanday shakllaridan foydalaniladi?
18.Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi o'quv mashg'ulotlari qanday shakllarda olib boriladi?
19.Masofaviy ta'lim nima?
20.Dual ta'lim nima?
21.Mustaqil ta'lim nima?
22.Xodimlar malakasini oshirishning muqobil (ta'lim dasturlarisiz malaka orttirish) qanday shakllardan iborat:
23.Xodimlarni qayta tayyorlash nima?
24.Qayta tayyorlashning qanday asosiy turlari mavjud:
25.Yuridik shaxs tushunchasi va turlari?
26.Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakliga ta'rif bering'
27.Ishga qabul qilishda dastlabki sinov nima va dastlabki sinov muddati kimlarga tatbiq etilmaydi?
28.Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlar bo'yicha bekor qilinishi.
29.O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi Qonunida davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qanday intizomiy jazo choralari qo'llaniladi?
30.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi faoliyatining qanday ustuvor yo'nalishlari belgilandi?