YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN
Hurmatli Ustozlar!
Aziz o‘quvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Azizlar hammamizga ma’lumki, bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta’limga juda katta e’tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko‘plab yangiliklar. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta’limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan Ciz ustozlarimizga suyanamiz.

Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini tobora kuchaytirishga, o‘qituvchilik kasbining obro‘sini tiklash va oshirish qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Barcha ta’lim maskanlarida ilk saboq “Vatan uchun, millat uchun xalq uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi. Darslarda ona-O‘zbekistonimiz, istiqlol, tinch va osoyishta kunlarimizning qadr-qimmati, yosh avlod istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan betimsol e’tiborning mohiyati o‘quvchilarga keng tushuntiriladi.

Qadrli ustozlar,
aziz o‘quvchilar!
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Fanlarni chuqur o‘rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Toshkent viloyatida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari yangi o‘quv yiliga tayyor.

Ma’lumot o‘rnida,
Joriy o‘quv yilida 1-sinfga 57 401 nafar 2018 yilda tug‘ilgan o‘quvchilar kelishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda maktablarda 57 195 nafar o‘quvchi adm.maktab.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazilib barchasiga 12 turdagi Prezident sovg‘alari to‘liq yetkazildi.


2025-yil “Investitsiya dasturida” 22 ta maktablarda qurilish ta’mirlash ishlari va moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun 193,8 mlrd.so‘m ajratildi hamda 3 312 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Bugun viloyatimizdagi 878 ta umumta’lim maktabida 521 314 nafar o‘quvchilar “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida darslarni boshlaydi.

Dastlab, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tantanalari tashkil etiladi. Joriy o‘quv yilida 57 195 nafar bolajonlar birinchi sinfga qadam qo‘yishmoqda.
Viloyatimizdagi 878 ta umumta’lim maktabida 521 314 nafar o‘quvchilar “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida darslarni boshlaydi.


Dastlab, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tantanalari tashkil etiladi. Joriy o‘quv yilida 57 195 nafar bolajonlar birinchi sinfga qadam qo‘yishmoqda.