O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHIGA START BЕRILMOQDA
Xabaringiz bor, joriy yil 22-23-avgust kunlari matematika, biologiya hamda informatika fanlaridan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bugun mazkur bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan INFORMATIKA fani o‘qituvchilar hududiy bosqichda ishtirok etadilar.
Eslatib o‘tamiz, INFORMATIKA fanidan ikki turda:
1-tur: Test topshiriqlari-soat 10:00dan 12:30gacha;
2-tur: Dasturlash -soat 13:30dan 17:30 gacha bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada sinovlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada tartibi:
40 ta test topshirig‘i (2 soat 30 daqiqa)
5 ta dasturlash masalasi (4 soat)
Fanlar kesimida 5 nafardan g‘olib aniqlanadi va ular Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.
Joriy yilda ilk marotaba barcha fanlar bo‘yicha test sinovlari to‘liq kompyuter texnologiyalari orqali o‘tkazilmoqda.
Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga bir soat avval borishlari so‘raladi.
MATЕMATIKA
O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI IKKINCHI KUNIGA START BЕRILDI
Ayni damda viloyatimizning 70 nafar MATЕMATIKA fani o‘qituvchilari
Ishtirokchilar 40 tadan test topshiriqlariga javob berishadi
Jarayonlar soat 10:00 da boshlandi.
“O‘qituvchilar olimpiadasi”ning ikkinchi kuni o‘tkazilmoqda.
Tanlov jarayonlari pedagoglarning nazariy bilimlari bilan birga amaliy tajribasini ham sinovdan o‘tkazmoqda. Bu esa o‘z navbatida ularning innovatsion yondashuvlardan foydalanish, zamonaviy metodlarni dars jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.