Bo'stonliq tumani

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, o‘quvchi-yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tumandagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Mirzahmedov "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

Bu yuksak e’tibor va e’tirof ta’lim sohasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan pedagoglarga berilgan munosib bahodir. Biz U.Mirzahmedovni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatida yanada yuksak marralar, yangi yutuqlar va ta’lim-tarbiya jarayonida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

12-09-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish