TOSHKЕNT VILOYATIDA PSIXOLOGLAR UCHUN O‘QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI

Bugun viloyatimiz ta’lim muassasalari psixologlari uchun “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemosional holatdagi muammolar hamda ularni oldini olish” mavzusida viloyat o‘quv- seminari tashkil etildi.

 Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i asosida, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi metodisti Zarina Bairbekova, ishtirok etdi.

 

Unda o‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish, ularning psixoemosional holatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, maktab psixologlari uchun sho‘balarda amaliy trening-mashg‘ulotlar ham tashkil etilib, unda Psixologik xizmat ko‘rsatishning normativ hujjatlari bilan ishlash, maktab psixologi faoliyatida diagnostik instrumentlar, korreksiya va korreksion metodlar kabi yo‘nalishlarda muhim tushuncha va tavsiyalar berildi.

 

Mazkur seminarda Oliy majlis senati fan ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Marupova hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonovlar ham mehmon bo‘lishdi. Nufuzli mehmonlar ishtirokchilarga mehnat faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar.

17-09-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish