tajriba_almashish

CHIRCHIQ SHAHRIDAGI 14-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TAJRIBASI OMMALASHTIRILMOQDA

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida viloyatimizning Chirchiq shahridagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida alohida to‘xtalib, u yerda yo‘lga qo‘yilgan noan’anaviy tajribani boshqa hududlarda ham joriy qilish zarurligini ta’kidlagan edilar.

Shu munosabat bilan bugun Sirdaryo viloyatidan maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislari, xususan, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlaridan iborat delegatsiya Chirchiqda bo‘lib, 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’lumot uchun, davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida Chirchiq shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan edi.

Mazkur muassasa 240 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi asosida robototexnika, tikuvchilik, pazandalik, quruvchilik, dehqonchilik, dizaynerlik kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha tarbiyalanuvchilarga kasb-hunarga ko‘nikma shakllantiriladi.

21-09-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish