JASORAT MAKTABI"GA QABUL QILINGAN O‘QUVCHILARNING VA’DA BЕRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Jasorat maktablari farzandlarimizni nafaqat bilimli, balki jismonan va ma'naviy jihatdan mustahkam, vatan himoyasi va rivojiga hissa qo'shishga tayyor insonlar sifatida tarbiyalaydigan maktab hisoblanadi. Bu maktabda o'qish nafaqt mas'uliyat balki sharfdir.
Bugungi tashkil etilgan tadbirda viloyatimizdagi barcha 22 ta Jasorat maktabining 572 nafar o'quvchi yoshlari ishtirok etishdi.
Ma'lumot uchun
Jasorat maktablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrda “Oʻquvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-son qaroriga asosan viloyatda 22 ta jasorat maktablari tashkil etildi.
Ushbu 22 ta maktabga 1-iyundan 20-iyungacha davom etgan qabul jarayonlarida 1435 ta arizalar kelib tushdi.
Jasorat maktablariga saralash imtixonlari 2 bosqichda:
joriy yilning 10-iyul kuni birinchi bosqich: test sinovlari (ona tili va matematika fanlaridan) 17-iyul kuni esa ikkinchi bosqich jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan sinov jarayonlarida yuqori natija qayd etgan 572 nafar o‘quvchilar jasorat sinflariga qabul qilindi.
Jasorat maktablarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda jismoniy va ma'naviy tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, milliy qadriyatlar va an'analarga hurmat hissini shakllantirishdir.
Jasorat maktablar orqali yoshlar o'zlarining liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoada ishlash ko'nikmalarini o'rganish va vatan himoyasi uchun zarur bo'lgan bilim va malakalarga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Ayni tadbirlar Anren shahrida ham tashkil etildi. Shahardagi 6-sonli umumta’lim maktabidagi "Jasorat sinfi" o‘quvchilari “Vatanparvarlar bog‘i”da tantanali qasamyod qildi.
Ko‘tarinki kayfiyat, yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu tadbirda Angren shahar hokimligi, Mudofaa bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, 42219-Harbiy gornizoni, keng jamoatchilik vakillari hamda ota-onalar ishtirok etdi.