Quyi Chirchiq tumani

 

Ayni kunda viloyatimizdagi mavjud umumta’lim maktablarida 1-oktabr Ustoz va muallimlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, tantanali kechalar tashkil etilmoqda. Iqtidorli yosh, izlanuvchan o‘qituvchilar e’tirof etilmoqda. Faxriy ustozlarga ehtrom ko‘rsatilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Quyi Chirchiq tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga ushbu ta’lim dargohida uzoq yillar faoliyat yuritib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlar Oyimxon aya Abdullayeva hamda Buvaysha aya Uderbayevalar taklif qilindi.

Faxriy ustozlar o‘zlarining xotiralari bilan o‘roqlashdi. Uzoq va mashaqqatli mehnat yo‘llarini xotirlashar ekan, bugungi kunning qadriga yetish kerakligini, bilim olib yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish lozimligini ta’kidladilar.

Tadbir so‘nggida maktabning iste’dodli o‘quvchilari o‘zlarning musiqali chiqishlari bilan barchaga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi.

30-09-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish