1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
6-1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ohangaron tuman hokimligi tomonidan soha vakillari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Doniyor Madirimov so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarni bugungi qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi.
Quyidagi o’qituvchilar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi:
- 17-maktabning Matematika va informatika fani oʻqituvchisi Doʼgʼonova Yorqinoy Irkinovna;
- 16-maktabning Matematika va informatika fani oʻqituvchisi Meliboyev Bekpulat Raxmatillayevich;
- 40-maktabning Tabiiy fanlar oʻqituvchisi Tursunboyeva Hilola Axataliyevna;
- 49- maktabning Tarix va huquq fani oʻqituvchisi Rayimberdiyev Oybek Xolboyevich.
Shuningdek, 6 nafar faxriy uztozga “Fidoyi o’qituvchi” ko’krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga, mehnat faoliyati davomida yutuqlarga erishgan bir qator ustoz-murabbiylar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo’linmasi Kengashining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.