Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish unga tayyorgarlik va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishga bog‘liq
Yog‘ingarchilik, namgarchilik, sovuq ob-havo, qor… Elektr energiyasi, issiqlik tizimi, gaz… Ha, gap aynan kuz-qish mavsumi haqida ketmoqda. Joriy yilda ham viloyatimizdagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha obyektlar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Olib borilayotgan ishlarni, bartaraf etilayotgan kamchiliklarni o‘rganish maqsadida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqamasi boshlig‘i Shukur Burxonov Angren shahridagi tizim tashkilotlarida bo‘ldi.
Dastlarb hududda tashkil etilgan Iqtisodiyot tarmoqlari, energetika va ijtimoiy soha obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2025/2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etilgan Respublika shtabida bo‘ldi.
Shtabda olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishdi. Mas’ullar bilan hududlarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, ijtimoiy soha obyektlari, itisodiyot tarmoqlari hamda tizimdagi soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, qishning qahraton kunlarida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i Angren shahridagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Ekspluatatsiya xizmati mas’ullari hamda takshikilot rahbarlariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Angren shahrida bo‘lib, ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rgandi.
Boshqarma boshlig‘i hamda shahar ta’lim tizimi mas’ullari hamrohligida hududdagi 17-20-sonli umumta’lim maktablarida hamda 14-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lishdi.
Boshqarma boshlig‘i tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglar bilan suhbatlashdi, ularning sohaga oid fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar bilan ham yaqindan suhbat olib bordi.