Zangiotalik maktab o‘quvchilari Chexiyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lishdi!
2025-yil may oyida Chexiyaning Liditse shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘yin” mavzusidagi Xalqaro bolalar rasmlari tanlovida 69 ta davlatdan 11 mingdan ortiq ijodiy ishlar ishtirok etdi.
Shu nufuzli tanlovda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi bir nechta maktab o‘quvchilari ham o‘z iste’dodini namoyon etib, xalqaro miqyosda yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishdi!
Faxrli natijalar:
8-maktab o‘quvchisi Ahmadaliyeva Mubina — oltin medal va sertifikat;
22-maktab o‘quvchisi Xudoyberdiyev Kamron — oltin medal;
22-maktab o‘quvchilari Abdurashidov Umidjon, Mansurxo‘jayeva Soliha, Norchayeva Elzoda, Saidboyeva Mubina va Xaydarova Asila — sertifikat;
34-maktab o‘quvchisi Xasanov Abduvoris — sertifikat;
23-maktab o‘quvchisi Shokirova Fotima — sertifikat bilan taqdirlandi.
Kuni kecha, ushbu g‘olib va sovrindor o‘quvchilar Chexiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasida tantanali tarzda taqdirlandilar.
Bu yutuq — Zangiota yoshlari ijodiy salohiyati, iste’dodi va mehnatsevarligining yorqin isbotidir!
G‘oliblarni, ularning ustozlari va ota-onalarini chin dildan muborakbod etamiz!