"JADID BOBOLARIMIZ" MAVZUSIDA "KЕLAJAK SOATI" DARSLARI TASHKIL ETILDI
"JADID BOBOLARIMIZ" MAVZUSIDA "KЕLAJAK SOATI" DARSLARI TASHKIL ETILDI
Bugun Toshkent viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni an’anaviy ravishda “Kelajak soati” darslari bilan boshlandi.

Maktablarda bugungi “Kelajak soati” darslari “Jadid bobolarimiz” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarga milliy ma’rifatparvarlik harakati namoyandalari hayoti va faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda.

Shu munosabat bilan viloyatdagi qator ta’lim tashkilotlarida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari ishtirok etib, “Kelajak soati” darslarini o‘tmoqdalar. Darslar davomida o‘quvchilarga jadid bobolarimizning xalq ma’rifati, ilm-fan va milliy uyg‘onish yo‘lidagi fidokorona mehnati haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, “Kelajak soati” darslarining mavzulari va mazmun-mohiyatini milliytarbiya.uz platformasi orqali muntazam kuzatib borish mumkin.
Olmaliq, Chirchiq shahar hamda Zangirta, Yuqori Chirchiq, Piskent tumanidagi umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan "Kelajak soati" darslaridan foto va videolavhalar.