Toshkent viloyatida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Joriy yil 6-7-yanvar kunlari “Raqamli avlod qizlari” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyatida bu yilgi tanlovda qatnashish uchun 8010 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Ular ta’lim (2780 loyiha), sun’iy intellekt (2300 loyiha), iqlim o‘zgarishi (1050 loyiha) va yashil iqtisodiyot (1880 loyiha) yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini taqdim etishadi.

Tanlov doirasida tuman bosqichlarilan muvaffaqiyatli o‘tib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan 121 nafar ishtirokchi o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etildi.

➡️Jumladan,
16–20 yosh toifasida — 115 nafar ishtirokchi;
21–30 yosh toifasida — 6 nafar ishtirokchi o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi.

Ishtirokchilar orasida maktab o‘quvchilari, talabalar, AKT sohasiga qiziquvchi yoshlar bor. Tanlov qatnashchilarining loyihalari soha mutaxassislari, maktab va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan baholab borildi.
Tanlov yakunida 16-20 yoshdagi ishtirokchilar orasida
➡️1-o‘rinni Nurafshon shahridagi 9-sonli maktab o‘quvchisi Shahzoda Avalboyeva,
➡️2-o‘rinni Qibray tumanidagi 41-sonli maktab o‘quvchisi Shahlo Vahodirova,
➡️3-o‘rinni Bo‘ka tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Zarnigor Rahmonova qo‘lga kiritgan bo‘lsa,

21-30 yoshlilar o‘rtasida
➡️1-o‘rinni Angren shahridan Sevinch To‘raqulova,
➡️2-o‘rinni Bekobod shahridan Gulshoda Tojiboyeva,
➡️3-o‘rinni Bekobod shahridan Zarnigor Sultonovalar egalladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, davlatimiz rahbarining shu yil 15-mayda qabul qilingan “Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bu yil tanlov takomillashtirildi. Ya'ni raqamli texnologiyalar, kontentlar yaratish bilan bog‘liq zamonaviy kasblarni egallashga ishtiyoqi baland bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, saralab olish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Raqamli avlod” loyihasi amalga oshirilishi belgilandi.
Endilikda “Raqamli avlod qizlari” tanlovi ham mazkur loyiha doirasida o‘tkaziladi va tanlov g‘oliblari xorijiy davlatlarga ta'lim sayohatiga yuboriladi.