Zangiota tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi

Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish
Shavkat Mirziyoyev

Joriy yil 27-yanvar kuni davlatimiz rahbari raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta'minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mavzkur selektorda yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi ta’kidlandi.

Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligiga urg‘u berildi..
Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, dedi davlat rahbari. Shu bilan birga mas’ullarga bir qatoror vazifalar belgilab berildi.

Xuddi shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Zangiota tumanida aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda turli zararli g‘oya va illatlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov raisligida o‘tkazilgan ushbu targ‘ibot tadbirida Respublika din ishlari qo‘mitasi maslahatchisi Ilhom Ma’rupov ishtirok etdi.
Targ‘ibot jarayonlarida mutasaddi tashkilotlar, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlar, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ta’lim tashkilotlari psixologlari va metodistlar qatnashdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, tadbirlarda yoshlarni bilim olishga, kasb-hunar egallashga, mustaqil fikrlashga undash, ularni turli yot g‘oyalardan asrash hamda ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida muhim tushunchalar berildi.