BOSHQARMA BOSHLIG‘I HUDUDLARDA

BOSHQARMA BOSHLIG‘I HUDUDLARDA

Bo‘stonliq

Xabar berganimizdek, bugun Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov Bo‘stonliq tumanidagi eng olis tog‘li hududlarda joylashgan ta’lim muassasalarda bo‘ldi.

Jumladan tumandagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Boshqarma boshlig‘i mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rganish doirasida tarbiya jarayoni sifatini oshirish hamda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quv mashg‘ulotlarining mazmuni, bolalarning yosh xususiyatlariga mos metodik yondashuvlar, shuningdek, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

 

Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, o‘yin va dam olish maydonchalari, oshxona hamda tibbiy xizmat faoliyati o‘rganildi. Pedagog kadrlarning kasbiy salohiyati, ularning malaka oshirish jarayonlarida ishtirok etishi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rganish davomida maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti eng olis hududda joylashgan bo‘lib, 120 o‘rinli.  Ayni kunda muassasada 92 nafar bolajon tarbiyalanmoqda.

03-02-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish