MAKTAB O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA SOLIQQA OID BILIMLARNI OSHIRISH BORASIDA HAMKOR TASHKILOTLAR BILAN YANGI TANLOV TASHKIL ETILDI
“Soliq bilimlari — yosh avlodga” mavzusidagi ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovining Nurafshon shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida yosh avlodning huquqiy ongi va iqtisodiy savodxonligini oshirish, soliq madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Soliq bilimlari — yosh avlodga” mavzusidagi ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi tashkil etildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Sayfiyev boshchiligida yuqori saviyada o‘tkazilib, unda shahar maktablarining faol va iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlov uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi:
Rasm chizish,
Insho yozish,
Videoroliklar tayyorlash.

Ishtirokchilar mazkur yo‘nalishlarda o‘z bilim va iqtidorini namoyon etib, soliqning jamiyat hayotidagi ahamiyati, davlat taraqqiyotidagi o‘rni hamda fuqarolik mas’uliyati haqida ijodiy ishlar taqdim etdilar.
Tanlov yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan g‘olib o‘quvchilar tashakkurnoma va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, g‘olib o‘quvchilarga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma topshirildi.

Ushbu tanlov yoshlar orasida soliq madaniyatini oshirish, ularda mas’uliyat hissini shakllantirish hamda ijodkorlik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.