“VAZIR KUBOGI” – TOSHKЕNT VILOYATI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
Futbol bo‘yicha o‘quvchi-qizlar o‘rtasida “Vazir kubogi” viloyat bosqichi o‘tkazildi
Yurtimizda Davlatimiz rahbari tomonidan futbol sport turini yanada rivojlantirish hamda uning ommaviyligini oshirish borasida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tashabbusi bilan o‘quvchi-qizlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqaning Toshkent viloyati bosqichida 7–11-sinf o‘quvchi-qizlaridan iborat 287 ta jamoa (jami 4494 nafar ishtirokchi) qatnashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra:

1-o‘rinni — Yuqori Chirchiq tumani jamoasi.
2-o‘rinni — Qibray tumani jamoasi,
3-o‘rinni — Olmaliq shahri o‘quvchi-qizlar jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoa Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.
“Vazir kubogi” — qizlar futboli, sog‘lom turmush tarzi va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamdir.