MILLAT KO‘RKI – MILLIY LIBOS!
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1–9-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Millat ko‘rki – milliy libos!” shiori ostida milliy liboslar kuni munosabati bilan sinflar kesimida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash, boy madaniy merosimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizning o‘ziga xos jihatlarini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
Tadbir doirasida o‘quvchilar o‘zbek milliy liboslarida maktabga tashrif buyurib, har bir sinfda milliy an’analar, urf-odatlar va kiyinish madaniyatiga bag‘ishlangan tarbiyaviy soatlar, suhbatlar, taqdimotlar hamda ijodiy chiqishlar o‘tkazildi. Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan milliy liboslarning tarixi, ularning hududiy o‘ziga xosligi va zamonaviy uslubdagi ko‘rinishlari haqidagi chiqishlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
.png)
Shuningdek, maktab jamoasi tashabbusi bilan haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida tavsiya etildi. Bu esa milliy qadriyatlarimizni ta’lim jarayoni bilan uyg‘unlashtirgan holda tizimli ravishda targ‘ib qilish imkonini yaratadi.
Maktab ustozlari va yoshlar o‘rtasida milliy an’analarimizni ommalashtirishga qaratilgan ushbu loyiha doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari ham muntazam ravishda o‘tkazib borilmoqda.
.png)
Milliy liboslarimiz va kiyinish madaniyatimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan bunday tashabbuslar yoshlarimizning o‘zbekona liboslarga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini yanada oshirish, ular qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
21-02-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish