“Startup Roadshow” Chirchiq shahrida
Xabaringiz bor kuni kecha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat hoyeimligi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi yoshlar bilan, xususan Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari, umumta’lim amktablari o‘quvchilari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Ana shunday uchrashuvlardan biri shaharining 20-sonli maktabida IT Park Uzbekistan xodimlari bilan umumta’lim maktablarining faol, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlari bilan bo‘lib o‘tdi! Uchrashuvda o‘quvchilarni innovatsiyalar olamiga olib kirish va ularning g‘oyalarini real biznes loyihalarga aylantirish masalalari bo‘yicha tushuncha va takliflar berib o‘tildi.
⚪️Uchrashuv davomida startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning amaliy mexanizmlari, mavjud imkoniyat va resurslar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Uchrashuvning asosiy mavzulari:
Davlat qo‘llab-quvvatlovi: PQ-59-son qaror doirasida belgilangan imkoniyatlar.
Rivojlanish bosqichlari: g‘oyani validatsiya qilishdan boshlab, MVP yaratish jarayonigacha.
Resurslar: grant dasturlari, akseleratsiya loyihalari hamda investitsiya jalb etish mexanizmlari.

Spikerlar:
Mahmud Yuldoshov — Chirchiq shahar hokimining Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi.
Fotima Xushxova — IT Park Uzbekistan startap bo‘limi bosh menejeri.
Sadoqat Boysariyeva— IT Park Uzbekistan hududiy filiali startap menejeri.
Muslim Xo‘shboqov — “Onvision” startap loyihasi asoschisi.
Uchrashuv yuqori saviyada, ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. O‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z loyihalari va tashabbuslari yuzasidan savollar berdi hamda amaliy tavsiyalar oldi.