E’TIBOR

 

Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablari kutubxonalarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash borasida muhim amaliy ishlar qilinmoqda.

Toshkent viloyatidagi 100 ta umumta’lim maktabi kutubxonalariga zamonaviy kompyuter jihozlari taqdim etildi. Ushbu tashabbus Majburiy ijro byurosi tomonidan “Raqamli kutubxona” tizimini joriy etish maqsadida amalga oshirilib, maktab kutubxonalarining faoliyatini yanada samarali va zamonaviy shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.

Zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlanishi natijasida kutubxonalarda raqamli resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengayadi, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun elektron adabiyotlar, ma’lumotlar bazasi hamda onlayn manbalardan foydalanish yanada qulaylashadi. Bu esa yosh avlodning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur xayrli tashabbusni amalga oshirishda ko‘rsatilgan beg‘araz yordam va qo‘llab-quvvatlov uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga hamda Toshkent viloyati Majburiy ijro byurosiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

 

Ishonamizki, “Raqamli kutubxona” tizimining joriy etilishi ta’lim sifatini yanada oshirish, kutubxona xizmatlarini zamonaviy bosqichga olib chiqish hamda yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

06-03-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish