Obodlik ko‘ngildan boshlanadi

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Xususan, hashar davomida boshqarma binosining tashqi va ichki hududlari tozalanib, atrof-muhit obodonlashtirildi. Shuningdek, hududdagi yashil maydonlar tartibga keltirilib, daraxt va gul ko‘chatlari parvarishlandi hamda yangi nihollar o‘tqazildi.

 

Obod va fayzli muhitni yaratish — barchamizning umumiy vazifamizdir.

 

OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI

13–14 mart kunlari yurtimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi. Mazkur tashabbus doirasida aholi yashash joylari, mahallalar, ta’lim muassasalari hamda jamoat hududlarini obodonlashtirish, ekologik muhitni yanada yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirish maqsad qilindi.

Ushbu umumxalq hashari doirasida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida hamda  tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, kecha va bugun ta’lim muassasalari hududlarini ko‘kalamzorlashtirish va tartibga keltirishga qaratilgan qator ishlar bajarildi.

Jumladan ayni damga qadar:

5239 dona mevali daraxt,

7202 dona manzarali daraxt ekilib,

10401 tup atirgul qalamchalari o‘tqazildi.

Shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va parvarishlash ishlari doirasida:

15 786 dona daraxt va butalar oqlanib, shakl berildi,

5370 metr ariq va latoklar tozalandi.

Bunday tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obod qilish, balki yosh avlodda tabiatga ehtirom, tozalik va obodlikka mas’uliyat bilan yondashish kabi fazilatlarni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, xalqimiz azaldan hasharni birdamlik, hamjihatlik va ezgu ishlar ramzi sifatida qadrlab keladi. Shu ma’noda, “Hashar — elga yarashar!” degan hikmatli ibora bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

14-03-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish