"KЕLAJAK SOATI" DASR MASHG‘ULOTLARI BAYRAMONA RUHDA TASHKIL ETILDI

Bugun viloyatimizdagi nodavlat xususiy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari bayramona ruhda tashkil etildi. Darslar “Yilboshi – Navro‘z” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarga milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz haqida keng tushunchalar berildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar Navro‘z bayramining kelib chiqishi, uning tarixiy ahamiyati hamda xalqimiz hayotida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, milliy urf-odatlar, qadimiy xalq o‘yinlari, bahor ayyomining ramziy ma’nolari haqida qiziqarli suhbatlar va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Darslar jarayonida o‘quvchilar faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqish va hurmatlarini yanada mustahkamlashdi. Bayramona muhitda o‘tgan mashg‘ulotlar bolalarda Navro‘zning insonparvarlik, do‘stlik va yangilanish g‘oyalarini anglashga xizmat qilаdi.

Suratlarda “Bilim ziyo”, “Progress and Result”, “Quantum Elite School”, “Karakul Wisdom School”, “For Excellence”, “Kids Academy”, “The First School” hamda “Buxoriylar maktabi” nodavlat ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar jarayoni aks etgan.