Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar tashkil etildi
Axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida Ohangaron tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

“Wi-Fi qurilmalarini sozlash va lokal tarmoqni himoyalash tizimlari” mavzusida tashkil etilgan seminar 29-sonli umumta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi Eldar Alimov tomonidan olib borildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga:
Wi-Fi qurilmalarini to‘g‘ri sozlash
Lokal tarmoq (LAN) tushunchasi va uning ahamiyati
Tarmoq xavfsizligini ta’minlash usullari
bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, quyidagi muhim masalalar atroflicha yoritildi:
Router va access point qurilmalarini konfiguratsiya qilish
SSID va parol o‘rnatish
WPA2 va WPA3 shifrlash turlarini qo‘llash
MAC manzil filtratsiyasi va firewall himoyasi
Router dasturiy ta’minotini yangilab borish.

Tarmoq xavfsizligini oshirish bo‘yicha esa:
Router parolini muntazam yangilash
Tarmoq nomini yashirish (SSID Hide)
Mehmon tarmog‘ini (Guest Network) yaratish
Antivirus dasturlaridan foydalanish kabi tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Amaliy qismda esa tarmoq kabellari va konnektorlarni T568A va T568B standartlari asosida to‘g‘ri ulash bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Maqsad — Wi-Fi qurilmalarini to‘g‘ri sozlash va lokal tarmoqni himoyalash orqali internet tezligi, barqarorligi hamda tarmoq xavfsizligini ta’minlash.
Bunday amaliy seminarlar ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.