Nurafshon shahar 1-maktabda AI forumi o’tkazildi

 

Bugun malakali ekspertlar ishtirokida muhim forum bo‘lib o‘tmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi PF-189-son Farmoni hamda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda berilgan 30-sonli topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur forum informatika fani o‘qituvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Forumning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish.

Tadbirda:

Toshkent viloyati Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘affor To‘laganov

Nurafshon shahridagi “Sofuto Academy” IT o‘quv markazi asoschisi, sun’iy intellekt sohasida 5 yillik tajribaga ega Abdurahmon Habibullayev kabi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Forum davomida ishtirokchilarga sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi ahamiyati, amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari va yangi texnologiyalar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

26-03-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish