Yoshlar tarbiyasiga qaratilgan muhim dars

Yoshlar tarbiyasiga qaratilgan muhim dars

 

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Barno Rahimova  6- aprel kuni tuman tasarrufidagi 16-umumta’lim maktabida bo‘ldi

Maktabda 9-sinf o‘quvchilari uchun “Sohibqiron Amir Temur” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi. Dars jarayoni qizg‘in va mazmunli o‘tdi, o‘quvchilar o‘z fikr va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.

 Shuningdek, dars doirasida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, orzu-intilishlari va kelajak rejalari muhokama qilindi.

 Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy kamoloti, tarixga bo‘lgan hurmati va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

06-04-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish