Ta’lim muassasalarida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Muqaddas ayol” mavzusiga bag‘ishlandi

 

Chirchiq shahar

Bugun umumta’lim maktablarida “Kelajak soati” dars mashg‘ulotlari “Muqaddas ayol” mavzusida mazmunli va tarbiyaviy ruhda tashkil etildi.

Ushbu mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga ayol zotiga bo‘lgan hurmat-ehtirom, onaga bo‘lgan muhabbat, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va roli haqida atroflicha tushunchalar berildi. Ayniqsa, yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishgan yutuqlari misollar orqali yoritildi.

 

Chirchiq shahridagi 3-12-sonli umumta’lim maktablarining 1-11-sinflarida o‘tkazilgan dars mashg‘ulolari o‘quvchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Dars jarayonida Zulfiya Isroilova kabi mashhur adibalarimiz, shuningdek Tanzila Norboyeva singari zamonaviy yetakchi ayollar faoliyati haqida ham ma’lumotlar berildi.

O‘quvchilar tomonidan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi va “Ona — muqaddas”, “Ayol — jamiyat tayanchi” kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Bunday tarbiyaviy soatlar yosh avlod qalbida onaga, ustozga va barcha ayollarga nisbatan chuqur hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

30-04-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish