"YASHIL CHIROQ" MUSOBAQASINING BEKOBOD SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI

Ayni kunlarda viloyatimiz bo‘yilab, "Yashil chiroq" respublika ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda. Kuni kecha mazkur musobaqa Bekobod shahar umumta’lim maktablari o‘rtasida tashkil etildi.

Musobaqaning asosiy maqsadi o‘quvchi yoshlarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish, ularni yo‘l harakatining madaniyatli ishtirokchisi sifatida tarbiyalash, bolalarga ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalarini keng targ‘ib qilishda eng yaxshi ish tajribalarini o‘rganish, to‘ldirish va ommalashtirish, bolalar ongida «Yo‘l harakati qoidalari»ga qat’iy rioya qilish hissini shakllantirishdan iboratdir.



Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rinni 13-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 2-sonli IDUM jamoasi;
 3-o‘rinni 7-maktab jamoasi qo‘lga kiritishdi.


G‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktablar jamoalari Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

18-05-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish