“KASABA UYUSHMASI KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-maqsadida “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish” vazifasi belgilangan. Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil 21-may kuni Nurafshon shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostidagi “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Mamatqulov ishtirok etib musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.


Musobaqa sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, uning quyi bosqichlarida viloyatdagi mavjud 914 ta umumta’lim muassasalarining 22 000 nafarga yaqin xodimlari ishtirok etishdi.
Sport musobaqalarining viloyat bosqichiga esa tuman-shahar bosqichlarida eng kuchli deb topilgan 226 nafarga yaqin ishtirokchilar yetib kelishdi.
Ochilish marosimidan so‘ng sportning 5 ta turi bo‘yicha musobaqalarga start berildi. Barcha musobaqalar qizig‘in raqobat muhitida, bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.











Sport musobaqalarining yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
Mini futbol (erkaklar):
1-o‘rin Oqqo’rg’on tumani jamoasi;
2-o‘rin Yangiyo’l tumani jamoasi;
3-o‘rin Ohangaron shahar jamoasi.
Voleybol (erkaklar):
1-o‘rin Chirchiq shahar jamoasi;
2-o‘rin Zangiota tumani jamoasi;
3-o‘rin Bo’ka tumani jamoasi.
Voleybol (ayollar):
1-o‘rin Parkent tumani jamoasi;
2-o‘rin O’rta Chirchiq tumani jamoasi;
3-o‘rin Yangiyo’l tumani jamoasi.
Stol tennisi (erkaklar):
1-o‘rin Ikramov Sodir (Bekobod shahri);
2-o‘rin Fayziyev Jamshid (Yangiyo’l tumani);
3-o‘rin Dusanov Diyor (Oqqo’rg’on tumani).
Stol tennisi (ayollar):
1-o‘rin Abdusamatova Hilola (Toshkent tumani);
2-o‘rin Eshtoyeva Dilfuza (Parkent tumani);
3-o‘rin Turakulova Mahliyo (Ohangaron shahri).
Shaxmat (erkaklar):
1-o‘rin Samigov Oybek (Ohangaron shahri);
2-o‘rin Dusmatov Ahmadjon (O’rta Chirchiq tumani);
3-o‘rin Xaydarov Adham (Bekobod tumani).
Shaxmat (ayollar):
1-o‘rin Xoliqjonova Pokizaxon (Olmaliq shahri);
2-o‘rin Xoshimova Nodira (Toshkent tumani);
3-o‘rin Tojiyeva Fotima (Yangiyo’l tumani).
Shashka (erkaklar):
1-o‘rin Xaydarov Adham (Bekobod tumani);
2-o‘rin G’oipov Temur (Bekobod shahri);
3-o‘rin Abdunabiyev Risqimbek (Bo’stonliq tumani).
Shashka (ayollar):
1-o‘rin Yuliyeva Nargiza (Bo’stonliq tumani);
2-o‘rin Mirzalova Moxinur (Ohangaron tumani);
3-o‘rin Kuranova Lobar (Bekobod tumani).
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va sport formalari to‘plami bilan taqdirlandi.









Sportning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarni namoyish etib, umumjamoa hisobida eng ko‘p ochko jamg‘argan Yangiyo‘l tumani jamoasi spartakiadaning mutlaq g‘olibi deb topildi va “Kasaba uyushmalari kubogi” hamda 30 million so‘mlik pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
