UV HAVZALARIDA XAVFSIZLIK - HAR BIRIMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!


1-iyundan 30-iyunga qadar mamlakatimizda “Suv havzalarida xavfsizlik oyligi” o‘tkazilmoqda.

Yoz faslida aholining suv havzalarida dam olishi va cho‘milishi ko‘payishi munosabati bilan fuqarolar, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu oylik doirasida suv havzalaridagi xavfsizlik qoidalarini targ‘ib qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish, aholining ogohligini oshirish hamda bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.


 Hurmatli fuqarolar!

 Faqat ruxsat etilgan joylarda cho‘miling;
 Bolalarni suv bo‘yida nazoratsiz qoldirmang;
 Noma’lum va xavfli suv havzalariga tushmang;
 Qayiq va suv transportlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.


Unutmang, ehtiyotkorlik va mas’uliyat inson hayotini saqlab qoladi. Yozgi dam olishni xavfsiz va mazmunli tashkil etaylik!

02-06-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish