IJTIMOIY REЕSTRDAGI OILALAR FARZANDLARI YOZGI OROMGOHGA KUZATILDI



Toshkent viloyatidagi 130 nafar ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oilalarning a’lo baholarga o‘qiydigan farzandlarining Angren shahridagi “Istiqbol” yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi.

Mazkur oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi, sog‘lomlashtirilishi, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda turli qiziqarli mashg‘ulotlarda ishtirok etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Bunday ezgu tashabbuslar ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishiga munosib hissa qo‘shish, shuningdek, yozgi ta’tilni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.



Hozirgi kunda viloyatda 3170 nafar ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oilalarning a’lo baholarga o‘qiydigan farzandlarini oromgohlarda dam olishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

17-06-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish