Bekobod yoshlari — bilim va salohiyat bilan yuksalmoqda!

Bekobod tumanidan yetishib chiqqan iqtidorli o‘quvchilar Respublika miqyosida o‘tkazilgan ingliz tili va rus tili fanlari bo‘yicha olimpiadada faol ishtirok etib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qildilar.
Mazkur nufuzli bilim bellashuvida Bekobod tumani vakillari yuqori natijalarni qayd etib, o
z bilim va salohiyatlarini yana bir bor namoyon etdilar:

 Mutlaq chempion — 9 nafar
 Faxrli 1-o‘rin — 9 nafar
 Faxrli 2-o‘rin — 4 nafar

Eng quvonarlisi, olimpiadada ishtirok etgan barcha o‘quvchilar Xalqaro olimpiada bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Bu yutuqlar — yoshlarimizning bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlarning fidokorona mehnati va ta’lim yo‘lidagi izlanishlarning yorqin samarasidir.
G‘oliblar Jony Academy o‘quv markazida tahsil olib, ana shunday yuqori natijalarga erishdilar. Ta’lim maskani jamoasi bugungi kunda tumanimizning faxriga aylanib, yosh avlodga zamonaviy bilim berish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, Jony Academy yaqin kunlarda Bekobod tumanida yangi xususiy maktab faoliyatini ham boshlaydi. Ushbu ta’lim dargohida tumanimiz tarixida ilk bor ingliz tilida nolinchi va boshlang‘ich sinflar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa farzandlarimizga xalqaro standartlar asosida zamonaviy ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bekobod tumani hokimligi va axborot xizmati yoshlarimizni ushbu yuksak natijalari bilan samimiy muborakbod etadi. Ularga kelgusi xalqaro bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaydi.

25-06-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish