Payshanba — Yoshlar kuni: Uyda ta'lim olayotgan o'quvchilar holidan xabar olindi.

Bugun, haftaning payshanba — "Yoshlar kuni" munosabati bilan Chinoz tumanida tahsil olayotgan yoshlarga alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, tumandagi 1, 6, 16 hamda 40-sonli umumta'lim maktablarida  uyda ta'lim olayotgan o‘quvchilarning xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida:

 Chinoz tumani MMTB rahbari D. Isakov,

Z. Nosirov,

Maktab direktorlari  ishtirok etishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — uyda ta'lim olayotgan o‘quvchilarning holidan xabar olish, ularning o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda ruhiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Samimiy suhbatlar davomida bolajonlarga esdalik sovg‘alari ulashilib, ularning qalbiga cheksiz quvonch bag‘ishlandi.

"Har bir bola e'tiborda, har bir o'quvchi ardoqda!" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar tumanimizda tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

 

22-07-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish