Toshkent viloyatida "Yil o‘qituvchisi – 2026" tanlovining uchinchi bosqich "YIL O‘QITUVCHISI" TANLOVINING UCHINCHI BOCIQCHI O‘TKAZILMOQDA
Kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichiga start berildi.

Yuksak bilim va kasbiy tajribaga ega ustozlarning o‘zaro mahorat maydoniga aylanib borayotgan mazkur tanlovda viloyatimiz miqyosida 22 ta tuman shahardan 43 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

Mazkur bosqichda nomzodlar jami 100 ballik tizim asosida, quyidagi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
1.Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishi.
-Bunda nomzodning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari faoliyati hamda tashabbuslari yuzasidan taqdimoti e’tiborga olinadi va 20 ballik tizim asosda baholanadi.
2.Test sinovi (kitobxonlik bo‘yicha) yo‘nalishi.
-Bunda nomzodlar tasdiqlangan adabiyotlar asosidagi 40 ta savoldan iborat test sinovida qatnashadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan (jami 80 ball) taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun: “Yil o‘qituvchisi” tanlovining dastlabki bahslarida malaka sinovlari natijalariga asosan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 66 nafar pedagoglar tanlab oldingan.

Ayni damida, tanlovda 44 nafar pedagog qatnashmoqda. Ushbu sinov jarayonlarida yuqori natijaga erishgan 22 nafar pedagog g‘olib, deb tan olinadi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, tanlovda har bir tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘olib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming so‘m)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.