Ajdodlar ilmiy merosi yoshlar nigohida Mazmunli ta’til, boy taassurotlar va vatanparvarlik sari!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.

Xususan, tasdiqlangan rejaga muvofiq, bugun Nurafshon shahridagi 32-, 48-, 57- va 73-maktablarning jami 220 nafar o‘quvchisi muzeylarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar yurtimizning boy tarixi, milliy merosi va madaniy qadriyatlari bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yosh avlodning yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda vatanparvarlik hissini yuksaltirishga qaratilgan ushbu ezgu tashabbus uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

"Dolzarb 90 kun" farzandlarimiz kelajagiga qaratilgan muhim qadamdir!