BIR QOSHIQ TAOMDA - BIR BOLANING SALOMATLIGI BOR

 

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Bolalar sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish – Ovqatdan zaharlanish xolatlarini oldini olish choralari!



Bola dasturxoniga qo‘yilgan har bir taom shunchaki ovqat emas. Uning sifati, saqlanishi, tayyorlanishi va bolaga tortilishi — yuzlab tarbiyalanuvchilar salomatligi uchun bevosita mas’uliyatdir.

 Shu maqsadda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish” mavzusida kengaytirilgan yig‘ilish va o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Nega bu masala dolzarb?

2025-yil 24–27-sentyabr kunlari Piskent, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq va Bekobod tumanlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilaridan 1 922 nafari ovqatdan zaharlanish natijasida qorin og‘rig‘i, tana harorati ko‘tarilishi va ich ketishi kabi belgilar bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Ularning 694 nafari statsionar sharoitda davolangan.

Holatdan so‘ng barcha zarur choralar ko‘rildi: DMTTlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi, oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq yangilandi, oshxona va omborxonalar zarur jihozlar bilan ta’minlandi, oshpazlar, autsorserlar va Brakeraj komissiyalari mas’uliyati kuchaytirildi
.


 Shuningdek, yuqoridagi besh hududda autsorsing asosida ovqatlantirish bo‘yicha shartnomalar 2026-yil yanvar oyidan bekor qilinib, an’anaviy ovqatlantirish tizimiga o‘tkazilgan edi.



 Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda barcha davlat DMTT rahbarlari, hamshiralar, bosh hisobchilar, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi mas’ullari hamda Piskent tumanidagi mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
 


Tadbirda Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim tizimida ovqatlantirishni tashkil etishga oid qarorlari va ular bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga qat’iy amal qilish, sanitariya-gigiyena qoidalarini buzmaslik, mahsulotlar sifatini nazorat qilish, autsorser korxonalar majburiyatlarini bajarishi va Brakeraj komissiyalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

 

13-08-2026
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish