USTOZLAR_MILLIY_FORUM Tuman bosqichi
Sifatli ta’lim - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori

Oqqo‘rg‘on tumanida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forumda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ustozning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Forum doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularda 400 nafarga yaqin pedagog ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim tendensiyalari, ilg‘or pedagogik metodlar va samarali texnologiyalar muhokama qilinib, ustozlar o‘zaro tajriba va g‘oyalar almashdilar.

Tadbir davomida ta’lim tizimida fidoyilik va faollik ko‘rsatib kelayotgan maktab rahbarlari, pedagoglar va jamoalar ham munosib e’tirof etildi.
