TA’TILDA ISLOHOTLAR AMALDA

Yangiyo‘l shahar

 

Endi o‘quvchilarning bilimlari sun’iy intellektga asoslangan platforma orqali baholanadi

 

Xabaringiz bor, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur ta’lim tashkiloti hamkorligida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan Cerebry platformasi orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu platformadan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar kompyuter, planshet yordamida istalgan joyda turib foydalanishlari mumkin.

 

Platforma sun’iy intellektga (AI) asoslangan bo‘lib, unda berilayotgan savollar o‘quvchilarning bilimiga moslashuvchan hisoblanadi.

O‘qituvchilar ham platforma orqali o‘quvchilarga topshiriqlar beradilar va natijalarni monitoring qilishlari mumkin.

Ushbu platformadan barcha maktab o‘quvchilari foydalanishlari va natijalarni tahlil qilishlari mumkin. Buning uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Topshiriqlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

Ayni damda, Respublikamizdagi maktablar o‘quvchilari hamda ustozlarning cerebry.co platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Viloyatimizning Yangiyo‘l shahar va tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan mazkur platforma umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida keng targ‘ib qilinib, ayni damda maktablarda faol ravishda qo‘llanilmoqda. Ta’til davomida hududlardagi umumta’lim maktablarining 8-9- sinf o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida Cerebry platformasida matematika va tabiiy fanlaridan berilgan topshiriqlarni bajarib xalqaro baholash tizimi jarayoniga tayyorlanishmoqda.

Nurafshonda qishki ta’til!

O‘quvchilarning ta’lim olishiga qo‘shimcha sharoit yaratish, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan to‘garaklari, shuningdek 5 ta muhim tashabbus to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Nurafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida joriy yilning 12 yanvarga qadar Barkamol avlod bolalar maktabi bilan xamkorlikda qishki ta’til tadbirlari va to‘garaklar bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda sport tugaraklari, teatr va madaniyat, "Kitob mening do‘stim" shiori ostida kutubxonalarda kitob mutolaalari to‘garaklari  faoliyat olib bormoqda.

06-01-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish