XORIJIY TILLARNI O‘QITISHGA DOIR ILG‘OR DASTURLAR OMMALASHTIRILMOQDA

 

 Keyingi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham jadal o‘zgarishlar kechmoqda. Bu yangilanishlarda pedagoglarga zarur imkoniyat va sharoitlarni yanada ko‘proq yaratish orqali ta’lim sifatini tubdan yaxshilash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz g‘oyasi asosida mamlakatimiz yoshlariga xorijiy tilda ta’lim berish jarayonini mutlaqo yangicha asosda yo‘lga qo‘yish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda rivojlangan davlatlarning katta pedagogik tajribaga ega, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchilarni mamlakatimiz umumta’lim maktablariga ishga taklif etish tajribasi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yoshlarning chet tillarini mukammal o‘rganishida yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimiz umumta’lim maktablarida xorijiy tillarni o‘rganish sifatini oshirish maqsadida ko‘plab yangiliklar joriy etilmoqda. Xorijiy ta’lim tashkilotlari, elchixona, vakolatli organ, xorijiy va mahalliy rekruting tashkilotlari bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga dars berish uchun xorijiy yuqori malakali o‘qituvchilar jalb etildi. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida xorijlik mutaxassislarning maktablarda dars berishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

2024-2025-o‘quv yilida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablariga 12 nafar xorijlik mutaxassislar jalb qilingan.

Xususan,

Angren shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Zo‘r klass” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan,

Nurafshon shahar 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Hindiston Respublikasidan Hussain Sakeyer Pazheri ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatidi,

Oqqo‘rg‘on tumani 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Zo‘r klass” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan Ribakov Fyodor Vladimirovich rus tili fani o‘qituvchisi sifatida,

Qibray tumani “Imkon” RM ega DKTIMTTga JICA tashkiloti tomonidan Ogava Satoko assistent hamkor sifatida,

Zangiota tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Zo‘r klass” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan Mameyeva Irina Sergeyevna rus tili fani o‘qituvchisi sifatida,

O‘rta Chirchiq tumani, 72-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Zo‘r klass” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan Stepanov Zaxar Viktorovich rus tili fani o‘qituvchisi sifatida,

Zangiota tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Filippin davlatidan Jaime Cudapas ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida,

Yangiyo‘l shahar 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Filippin davlatidan Eijon Jhon Supnet ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida,

Olmaliq shahr 5-umumta’lim maktabiga Filippin davlatidan Alid-ab Almariye Maagad ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida,

Oqqo‘rg‘on tumani 8-maktabga Filippin davlatidan Ocupe Jemimma Luma ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida,

Bekobod tumani 1-maktabga Buyuk Britaniyadan Carl Allen ingliz tili o‘qituvchisi sifatida

Yangiyo‘l tumani 46-maktabga Zo‘r klass loyihasi doirasida Eredjenova Anna Eduardovna rus tili fani o‘qituvchisi sifatida taklif etilib, ayni paytda faoliyat olib borishmoqda.

Shuningdek, xorijlik o‘qituvchilar kundalik dars yuklamalaridan tashqari o‘quvchilar uchun har haftada kamida uch marta darsdan tashqari to‘garak va mahalliy o‘qituvchilar uchun har haftada kamida bir marta mahorat darslari va seminarlar tashkil etib kelmoqda.

13-01-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish