Bo'lajak askarlar uchun harbiy qismda ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qibray tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tominidan yoshlarni ona Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy sohaga bo'lgan qiziqishi va intilishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida tumanda joylashgan Havo hujumidan mudofaa Qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismga sayohat uyushtirildi.
Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar va ularning kunlik xizmat faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, harbiylik sohasi haqida atroflicha ma'lumotga ega bo'ldilar.
15-01-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish