"METODIK MAHORAT KUNI" TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA NAVBATDAGI SЕMINAR TRЕNINGLAR

 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 8-noyabrdagi 362-son buyrug‘iga asosan "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soati" tadbirlarining birinchi bosqichini joriy yilning yanvar oyidan boshlab tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha mazkur amaliyotning navbatdagi mashg‘ulotlari tashkil etildi. Toshkent viloyati bo‘yicha seminarda 28 nafar mentor, 524 nafar tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yetakchi pedagoglar (direktor o‘rinbosarlari) ishtirok etdi.

Mazkur seminar o‘quvlardan asosiy maqsad ta’lim sifatini oshirish bo‘lib, viloyatimzdagi mavjud barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor o‘rinbosarlari o‘qitilib, natijada 10 mingga yaqin pedagog kadrlar qamrab olinishi rejalashtirilgan.

24-01-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish