TMSI umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Kuni kecha, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida, Toshkent tumanidagi-umumtaʼlim maktablarining 11- sinf bitiruvchilari uchun seminar oʻtkazildi.
Oʻquvchilar uchun institut hududi boʻylab ekskursiya uyushtirilib, turizm, moliya, moda va biznes-inkubator laboratoriyalari hamda taʼlimning asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, kelajak kasblarini tanlash boʻyicha oʻquv-treninglar boʻlib oʻtdi.
Hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri maktab oʻquvchilariga oliy oʻquv yurtlarida muvaffaqiyatli oʻqish va kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur boʻlgan amaliy koʻnikma va bilimlarni egallash imkonini beruvchi qoʻshma taʼlim tadbirlari va loyihalari tashkil etiladi.
Ushbu hamkorlik taʼlim tizimining yuqori va oʻrta boʻgʻinlari oʻrtasida ilgʻor tajriba almashishga qaratilgan boʻlib, maktablarga ilgʻor ilmiy manbalardan, jumladan, institutning yetakchi professor-oʻqituvchilari maʼruzalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Loyihalarga yangi 2025-2026 oʻquv yilidan start beriladi.