MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

Avval xabar berganimizdek,  bugun 9-iyul kuni Bo‘stonliq tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida  Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Yuldoshovning sayyor qabuli tashkil etildi.

 

 

Tuman Adliya bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda hududdagi umumta’lim maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va ishchi xodimlari ishtirok etdi, ota-onalar, maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlari bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.

 

O‘tkazilgan sayyor qabul jarayonlarida jami 30 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib,

bulardan

Ta’lim muassalarida qurilish, ta’mirlash va jihozlash masalalari yuzasidan (maktab uchun oshxona, tadbirlar zali, sinf jihozlari) -14 ta;

Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oid masalalar doirasida - 4 ta;

va boshqa masalalar (birinchi sinfga joylash, o‘qituvchilar toifalari va sertifikatlar) bo‘yicha - 12 tani tashkil etdi.

 

Murojaatlarning aksariyati joyning o‘zida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan masullarga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olindi.

 

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati

10-07-2025
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish