YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILMOQDA
Ayni kunlarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Yuldoshov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishmoqda.
Kuni kecha boshqarma boshlig‘i Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hamda umumta’lim maktablarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i Mahmud Yuldoshovga shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Husniddin Turg‘unboyev hamrohlik qildi. Hududda amalga oshirilayotgan, xususan, ta’lim muassasalaridagi qurilish ta’mirlash ishlari bilan ham tanishildi. Yangi o‘quv binolarining ta’mirlash ishlari belgilangan talablar va muddatlarga rioya etilgan holda, sifatli tashkil etilishi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.