Dolzarb 90 kun
Sportga e’tibor...
Olmaliq shahar
Viloyatimizda "Dolzarb 90 kun"lik doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bolalarning intellektual salohiyatini shakllantirish maqsadida turli aqliy o‘yinlar tashkil etilmoqda.
Xuddi shunday tadbirlardan biri sportning shaxmat turi bo‘yicha "Maktab ligasi" viloyat bosqichi Nurafshon shahrida o‘tkazildi.
Ushbu sport musobaqasida Olmaliq shahridan 6 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Ulardan 3 nafari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Bular
2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari A. Zoyirqulov (11 yosh) hamda A. Zoyirqulova (15 yosh) faxrli 1️-o‘rinni egalladi hamda respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek 7-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi O. Faxriddinov (15 yosh) viloyat miqyosida 2️-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.